0
Ochish uchun bosing
Server Qoidalari
📋 Eslatma: Siz bytemc.uz serveriga kirganingiz zahoti ushbu qoidalarga rozilik bildirgan bo'lasiz. Rozilik avtomatik hisoblanadi. Qoidalarni bilmaslik jazodan ozod etmaydi.
⚠ Muhim: Ushbu qoidalar barcha rejimlarga teng darajada amal qiladi. Adminlar holat taqozo etsa, standart jazo doirasidan tashqarida ham qaror qabul qilish huquqiga ega. Biror qoidaning mavjud emasligi uni buzish uchun asos bo'la olmaydi.
🌿 SMP Rejimi — Maxsus Holat
SMP rejimida ushbu qoidalar amal qilmaydi — o'yinchilar o'z ixtiyoriga ko'ra erkin o'ynaydi. Biroq § 06 — Qora Ro'yxatdagi abadiy ban qoidalari SMP rejimida ham to'liq kuchda qoladi va istisnolar yo'q.

🌐 Global Qoidalar

1.1majburiy
Minecraft TOS

Minecraft foydalanish shartnomasini (Terms of Service) buzuvchi har qanday xatti-harakat qat'iyan taqiqlanadi.

1.2majburiy
Staff ko'rsatmalariga rioya qilish

Moderator, Helper yoki Staff a'zolarining qonuniy ko'rsatmalariga bo'ysunish majburiy. Ularga bo'ysunmaslik yoki to'sqinlik qilish jazolanadi.

1.3majburiy
Qoidalar doirasi

Ro'yxatda ko'rsatilmagan qoidabuzarlik ham jazosiz qolmaydi. Adminlar holat yuzasidan mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega.